OurentHisob va ulanish →

Ourentni kompyuteringizga ulang.

Desktop ilovasini yuklang yoki terminal orqali ulang. Ishni bitta chatda davom ettiring.

Ourent Desktop

Dasturni o‘rnating, hisobingizga kiring va chatdan boshlang. Alohida terminal yoki VS Code o‘rnatish shart emas.

Windows uchun yuklash

0.1.5 · Windows 10/11 · 64-bit · Beta

Hozircha raqamli imzosiz sinov versiyasi. Windows o‘rnatishda noshirni tasdiqlay olmaydi.

Birinchi vazifani boshlash

  1. Yuklangan faylni oching va Ourent’ni o‘rnating.
  2. Ilovada «Hisobga kirish»ni bosing. Brauzerda Google orqali kiring va shu kompyuterni tasdiqlang. Keyin Ourent oynasiga qayting.
  3. Chatga nima yaratish kerakligini yozing. Yangi loyiha papkasi avtomatik ochiladi. Mavjud loyiha uchun «+» → «Mavjud papkani ulash»ni tanlang.

Masalan: «Menga vazifalar ro‘yxati saytini yarat. Vazifa qo‘shish va bajarildi deb belgilash ishlasin». Fayl yozish yoki buyruq uchun ruxsat so‘ralsa, amalni ko‘rib tasdiqlang.

Loyiha fayllari bilan ishlash uchun faol tarif kerak. Tariflarni ko‘rish →

Hisobga kirish · Yordam: @OurentAI_bot

macOS va Linux desktop versiyalari hali chiqarilmagan. Dasturchilar uchun terminal qo‘llanmasi «Kompyuterni ulash» sahifasida.

Dasturchilar uchun: terminal va VS Code / macOS / Linux

Ulashni boshidan o‘rganing

Usulni tanlang. Har bir qadam quyida yozilgan.

Windows PowerShell / CMD

Windows terminaliga quyidagi buyruqni kiriting:

powershell.exe -NoProfile -ExecutionPolicy Bypass -Command "irm https://ourent.uz/install.ps1 | iex"

VS Code / Cursor:

powershell.exe -NoProfile -ExecutionPolicy Bypass -Command "& ([scriptblock]::Create((irm https://ourent.uz/install.ps1))) -VSCode"

Brauzerda hisobingizga kiring va kompyuterni tasdiqlang. Keyin terminal yoki VS Code / Cursor oynasiga qayting.

Yangi terminalda loyiha papkasini oching va ourent deb yozing.

Ourentni yangilash

Joriy vazifani tugating, keyin terminalda bajaring:

ourent update

VS Code / Cursor: buyruqlar oynasida Ourent: Yangilanishni o‘rnatish amalini tanlang.

Eski versiya update buyrug‘ini tanimasa, ushbu sahifadagi o‘rnatish buyrug‘ini qayta bajaring. Hisobingiz va loyihalaringiz saqlanadi.

MacBook’da ourent topilmasa, shu buyruq bilan boshlang:

~/.local/bin/ourent --terminal

1. Ourentni o‘rnating

Windows PowerShell yoki VS Code ichidagi PowerShell terminaliga bitta buyruqni qo‘ying:

irm https://ourent.uz/install.ps1 | iex

Windows x64. ZIP ochish, administrator huquqi va alohida Node.js kerak emas.

2. Loyihangizda terminal oching

Loyiha papkasida Open in Terminal / Terminalda ochishni tanlang. O‘rnatishdan keyin yangi terminal oching:

ourent

Birinchi safar brauzer ochiladi. Ourent hisobingizga kiring va Kompyuterni tasdiqlashni bosing. Terminalga qaytib vazifa yozing. Suhbatni davom ettirish uchun keyingi xabaringizni yozavering; /new yangi suhbat, /exit chiqish.

3. Saytdan yoki telefondan boshqarish

Terminaldagi suhbatdan /exit bilan chiqing. O‘sha loyiha papkasida:

ourent --relay wss://relay.ourent.uz/relay

Saytda Kompyuterni ulash bo‘limidagi loyihani bosing. Bitta chat ichida topshiriq, ruxsat va natijani ko‘rasiz. Kompyuter yoqilgan va agent ishlayotgan bo‘lishi kerak. Ctrl+C agentni to‘xtatadi.

Windows’da fonda ishlash

Oldingi agentni to‘xtatib, loyiha papkasida:

ourent service install --relay wss://relay.ourent.uz/relay
ourent service start

Holat: ourent service status. To‘xtatish: ourent service stop. Avtomatik ishga tushishni olib tashlash: ourent service uninstall.

macOS va Linux

Yuqoridagi MacBook / Linux o‘rnatish buyrug‘idan foydalaning. Kerak bo‘lsa mos Node.js, agent va PDF shrifti avtomatik o‘rnatiladi. Yangi terminalda loyiha papkasiga o‘ting va ourent deb yozing. Buyruq topilmasa ~/.local/bin/ourent --terminal bilan boshlang. Telefon orqali boshqarish uchun ourent --relay wss://relay.ourent.uz/relay ishlating.

Model va shaxsiy API

Terminalda ourent provider claude yoki ourent provider openai bilan shaxsiy kalitni ulash mumkin. VS Code chatidagi API / Model tugmasidan foydalaning. Faqat hisobingizda mavjud modellar taklif qilinadi. Shaxsiy API rejalashtirishga ishlatiladi; coding uchun faol Ourent limiti ham kerak. Oddiy chatdagi model tanlovi alohida.

Windows ekranini boshqarish — sinov rejimi

Terminal: ourent --desktop --relay wss://relay.ourent.uz/relay. VS Code: API / Model → Windows ekranini boshqarish. Asosiy monitorni ko‘rish va har bir bosish/yozish uchun chatda alohida tasdiq so‘raladi. Kompyuter ochiq bo‘lishi kerak. Odatiy ulanishda bu rejim o‘chiq; barcha Windows dasturlari bilan ishlashi hali tasdiqlanmagan.